So'rov yuborish

superplastifikator qo‘shimchasi ZK WR 100

superplastifikator qo‘shimchasi ZK WR 100

ZK WR 100 — yuqori darajadagi suvni kamaytirish xususiyatiga ega yangi avlod superplastifikatori bo‘lib, u suv-sement nisbatini sezilarli darajada kamaytiradi, betonning ishlov berish qulayligini va mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi.

Qadoqlash:

— 1100 kg konteyner

Qo‘llanish sohasi:

— Tayyor beton uchun qo‘llaniladi
— Tovar beton ishlab chiqarish (nasos bilan yoki nasossiz)
— O‘z-o‘zidan zichlanuvchi beton ishlab chiqarish
— Zich temir-beton elementlarga yaxshi yopishadigan beton ishlab chiqarish
— Turli xil beton turlarini ishlab chiqarish: armaturalangan, armaturasiz, yengil yoki og‘ir beton
— Yuqori samarali beton ishlab chiqarish

Qo'shimcha ma'lumot

Texnik xususiyatlar

 

Mahsulot

 

Sinov natijalari Texnik xususiyatlar

 

Tashqi ko‘rinishi (25°C da)

 

Shaffof suyuqlik Shaffof suyuqlik
Qattiq modda miqdori

 

 

49,7 50±1
20°C da solishtirma og‘irlik

 

1,09 1,09 – 1,11
Xlor miqdori

 

 

 

<0,1000 < 0,1
Ishqor miqdori

 

0,610 < 1
pH (10% eritma)

 

 

2,8 3,0±1

Afzalliklari:

— Betonning erta va yakuniy siqilish hamda cho‘zilish mustahkamligini, shuningdek, zichligini yaxshilaydi.
— Yuqori suv kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lib, past suv-sement nisbatida beton ishlab chiqarish imkonini beradi.
— Korroziyasiz beton ishlab chiqarish imkonini yaratadi.
— segregatsiya va suv chiqishi xavfisiz past suv-sement nisbatli beton ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
— Qolipni yechish vaqtini qisqartiradi.
— Betonning aşinishga chidamliligini oshiradi, segregatsiya va suv ajralishini kamaytiradi.

— Yangi beton ustiga smola asosidagi pol qoplamalarini yotqizish vaqtini qisqartiradi.
— Betonning sovuqqa chidamliligini oshiradi.
— Qolipni oson joylashtirish vibratsiya ishlaridan keladigan energiya sarfini kamaytiradi.
— Zich armaturalangan profillarda oson qotadi va silliq yuzali, o‘tkazmaydigan beton ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
— Past haroratlarda ham yuqori mustahkam betonni erta bosqichda ishlab chiqarish imkonini beradi.
— Barcha turdagi sementlar bilan mos keladi.
— ZK WR 100 tarkibida xlor mavjud emas.

 

Iste’mol dozasi va qo‘llash usuli

Suv kamaytiruvchi qo‘shimcha umumiy bog‘lovchi modda miqdorining 0,3–1,5% miqdorida qo‘llaniladi.

To‘ldiruvchilar va umumiy bog‘lovchi moddalar (sement, kremniy dioksidi kukuni, pech shlaki va boshqalar) bir hil aralashma hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtirilishi kerak.

Quruq aralashmaga suvning 70% qismi qo‘shilgandan so‘ng, qolgan suvga suv kamaytiruvchi qo‘shimcha qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi.

 

Saqlash va yaroqlilik muddati

+5°C dan +35°C gacha haroratda saqlansin.
To‘g‘ri saqlash sharoitida mahsulotning yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 12 oy bo‘lib, u ochilmagan va shikastlanmagan original qadoqda saqlanishi kerak.
Qadoqlangan mahsulotlar ishlatishdan oldin chayqatilishi lozim.

 

Ogohlantirish:

Beton aralashmasining tarkibi va qo‘shimcha moddalarning dozasi betonning sinfi va xususiyatlariga qarab laboratoriya sinovlari asosida aniqlanishi kerak.

Ehtiyot choralar:

Qo‘llash vaqtida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga mos himoya kiyimi, qo‘lqop, ko‘zoynak va niqobdan foydalaning. Teri va ko‘z bilan kontaktga kirishmasligi kerak. Agar teri yoki ko‘zga tegib qolsa, darhol suv bilan yuvish, yutib yuborilganda esa tibbiy yordamga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash hududida ovqat va ichimliklar bo‘lmasligi kerak. Mahsulot bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Batafsil ma’lumot uchun Material xavfsizligi pasportini o‘qing.